30
Apr
30
Apr

SHAHRISABZ SHAHAR 7-IDUMI NING MUSIQA FANI O’QITUVCHISI QUDRATOV MEXROJ «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADHIYASI IJROCHILARI » KO’RIK TANLOVIDA ISHTIROKIDAN LAVXALAR

30
Apr
30
Apr

15:411 maydan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

14:54Shavkat Mirziyoyev: Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi

20:57 / 28.04.2022O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilmaydigan bo‘ldi

15:13 / 27.04.2022Imtiyozlar, narx-navo va majburlik. Nega minglab rossiyalik IT-mutaxassislari O‘zbekistonga ko‘chib kelmoqda?

18:59Sirdaryo viloyati prokurori bosh prokurorga o‘rinbosar bo‘ldi

18:56Vladimir Norov Saudiya Arabistoni elchisini qabul qildi

18:07“Parrandachilik – tovuqning oldiga suv va don qo‘yib, tuxum terib olish emas” – veterinar bilan suhbat

18:06«Davlat organlari hushyor bo‘lishi zarur» – Adliya vaziri firibgarlik holatlari avj olayotgani va yangi moliyaviy piramidalar haqida

17:40Prezident aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ma’lum qildi

17:19Andijon viloyati hokimligi kreditga tarqatilayotgan tovuqlarning bozordagidan 2 barobar qimmatligi bo‘yicha izoh berdi

17:13«O‘zgidromet» 3–5 may kunlari sel kelish xavfidan ogohlantirdi

16:38Prokuratura O‘zDJTU talabasi o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan ma’lumot berdi

16:10Urush faxriylari 15 mln so‘mdan oladi

15:411 maydan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

15:32Samarqand shahriga viloyatdagi tumanlardan elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi

14:54Shavkat Mirziyoyev: Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi

13:46Texnikum bitiruvchilari test sinovisiz qabul qilinadigan yo‘nalishlar tasdiqlandi

13:13Zominda ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi

12:44“Samarasiz va alohida shaxslarga berilgan soliq imtiyozlarini bekor qilamiz” – Soliq qo‘mitasi mas’uli imtiyozlar haqida

12:26O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlashda quyosh panellaridan foydalanish ustida ishlanyapti

12:18Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi Samarqand shahar bo‘limi bosh mutaxassisi 35 ming dollar bilan ushlandi

12:15«Inomarka»lar asosan qaysi davlatlardan olib kelinayotgani ma’lum qilindi

12:11O‘zbekistonda mualliflik huquqini buzayotgan saytlarning reyestri ishga tushiriladi

12:07Sardor Umrzoqov va Sergey Lavrov telefon orqali muloqot qildi

12:02O‘zbekistonga juda issiq, so‘ng nam va nisbatan salqin havo kirib keladi – «O‘zgidromet»

12:00Canaan Travel bilan birgalikda sayohatlarning yangi mavsumi!

30
Apr

Online olimpiada sovrindorlari

30
Apr

Zulfiya Hayoti va Ijodi shoira muharrir bo’lim boshlig’i tarjimon 01 Mar 1915, Toshkent shahri da tavallud topgan 23 Aug 1996, Toshkent shahri da vafot etgan 27631 marta ko’rildi Zulfiya asarlari: Barcha asarlari She’rlari Zulfiya (1915—1996) Oʻzbek shoirasi. Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug’ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so’ng 1931 – 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935 – 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938 – 1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti bo’lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo’lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o’ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o’rtog’i, o’ziga xos she’riyati biian minglab kitobxonlar qalbini rom etgan iste’dodli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi. Zulfiya (taxallusi; toʻliq ism sharifi Zulfiya Isroilova) (1915.1.3— Toshkent — 1996.1.8) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965). Mehnat Qahramoni (1984). Shoir Hamid Olimjonning rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), «Oʻzbekiston xotin-qizlari» (q. «Saodat») jur.da boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan. Uning ilk sheʼri 1931 y. da «Ishchi» gaz. da bosilgan. Dastlab 1932 y. «Hayot varaqalari» sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning «Temiroy» (1934), «Sheʼrlar», «Qizlar qoʻshigʻi» (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan.  Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944) va «Hulkar» (1947) toʻplamlari bilan bog’liq. Ayniqsa, H. Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U  shaxsiy fojiasi tasviri orqali 2-jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi. 40-y. lar oxirida eʼlon qilingan Sovet davlatining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyo-tiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya bad-bin kayfiyatlar — pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, «davr gʻoyalari» ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol boʻlmasligi uchun kurashdi. 50-y.larning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. «Mushoira», «Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush», «Qozogʻiston oʻlanlari», «Men chizolmagan surat» singari sheʼrlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya sheʼrlarida tasvir etilayotgan hayot koʻlami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-y. lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo boʻldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. «Oʻylar» (1965) sheʼriy guldastasi b-n boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili «Visol» (1972), «Yillar, yillar…» (1975) sheʼriy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning soʻnggi safariga bagʻishlangan «Quyoshli qalam» (1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bagishlangan turkum sheʼrlar ham yozdi («Lolaqizgʻaldoq», 1975). Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning «Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod» dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun «Semurgʻ» pyesasi (S. Somova b-n hamkorlikda) hamda «Zaynab va Omon» operasi librettosini yozdi. A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikyan, E. Ognetsvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, Ye. Bagryana va b. ning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari koʻplab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan. Zulfiya xalqaro Javaharlal Neru (1968), «Nilufar» (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning «Kirill va Mefodiy» (1972) ordeniga sazovor boʻlgan. Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.

Manba https://tafakkur.net/zulfiya.haqida

29
Apr

Maktab ma’muriyati

Maktab direktori : Xurramov Baxtiyor Tohirovich1972 yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug’ilgan. 1979 yil №32 A.Navoiy nomli o’rta maktabning 1-sinfiga qabul qilingan. 1989 yil maktabni a’lo baholarda bitirib   Nizomiy nomli  Toshkent Davlat Pedagogika Institutining Kimyo -biologiya fakultetiga o’qishga kiradi.

1994 yilda o’qishni bitirib, №32 A.Navoiy nomli o’rta maktabga kimyo va bialogiya fani o’qituvchisi sifatida ishga qabul qilinadi.

1996-2004 yillarda al-Xorazmiy nomli №3 litsey-internatda kimyo fani o’qituvchisi bo’lib ishlaydi.

2004-2006-yillarda Shahrisabz Akademik litseyida Tabiiy fanlar kafedra mudiri, kimyo fani o’qituvchisi bo’lib ishlaydi.

2006-2012 yillarda Shahrisabz tuman 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab- internatda kimyo fani o’qituvchisi, ustoz-shogird maktabi rahbari, uslubiy birlashma rahbari bo’lib ishlagan.

2012 yildan hozirga qadar Shahrisabz tumanidagi  7-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori va kimyo-biologiya  fani o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda.

Xurramov Baxtiyor Tohirovich oliy toifali kimyo va biologiya fani o’qituvchisi, xalq ta’limi a’lochisi, «Yil o’qituvchisi-2002» ko’rik tanlovi Respublika bosqichi III o’rin sovrindori, XТV ning III darajali diplomi va Yaponiyaning JICA tashkiloti sertifikatlari sovrindori.

Ko’p yillik pedagogik faoliyatida bir qancha metodik tavsiyanomalar, dars ishlanmalari va maqolalar yozgan. «Mavzu tabiat bilan bog’lansa», «Kimyodan laboratoriya tajribalari o’tkazishda mahalliy materiallardan foydalanish», «Kimyodan masalalar yechishda izchillikdan foydalanish» kabi bir qancha maqolalari «Ma’rifat» gazetasida chop etilgan.  

Maktab o’quv tarbiya  ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Ashurova Xurshida Sultonovna 1984-yil Qashqadaryo viloyati shahrisabz  tumanida tug’ilgan. 2004-2008 yilda Toshkent Davlat Pedagogika Universitetini tamomlagan. 2017 yildan hozirga qadar Shahrisabz tumanidagi  7-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati O’IBDO’ va biologiya  fani o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda.  

Maktab ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari : Bo’riyev Haydarali Pardayevich1960 yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug’ilgan. 1988 yil Qarshi Davlat Pedagogika Institutini tamomlagan. Oliy toifali ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.